“Navbahor” futbol klubi bilan bir qator sovrinlarni qo`lga kiritgan sobiq futbolchi, murabbiy Tohir Madrahimov hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda O`zPFL rasmiy sayti ma`lum qildi.
“O`zPFL Tohir Madrahimovning olamdan o`tgani yuzasidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, – deyiladi xabarda.
“Darakchi” nashri ham yuqoridagi ta`ziyalarga qo`shilgan holda marhumning yaqinlariga sabr-toqat tilab qoladi.






