AsosiySport

“Chelsi” Angliya Kubogi finalchisiga aylandi! (Video)

'“Chelsi” Angliya Kubogi finalchisiga aylandi! (Video)'ning rasmi

Angliya Kubogi musobaqasining birinchi yarim finalida “Chelsi” jamoasi “Tottenxem” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

“Uembli” stadionida kechgan o`yinda “Chelsi” 4:2 hisobida g`alaba qozonib, final yo`llanmasini qo`lga kiritish uddasidan chiqdi.

Uchrashuv boshidayoq Villian mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo`lsa, 18-daqiqada Xarri Keyn muvozanatni tikladi. Birinchi bo`lim so`nggida Villian penaltini aniq bajarib, o`zining va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Deli Alli yana hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq, oradan ko`p o`tmay ya`ni 75-daqiqada Eden Azar hisobni 3:2 ko`rinishiga keltirgan bo`lsa, besh daqiqadan so`ng Matich uchrashuvga mantiqiy nuqtani qo`ygan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa ushbu g`alabadan so`ng “Chelsi” Angliya Kubogi birinchi finalchisiga aylandi. Ikkinchi final yo`llanmasi uchun “Arsenal” va “Manchester Siti” bahs olib boradi.

Angliya Kubogi. 1/2 final

Chelsi – Tottenxem 4:2

Gollar: 1:0 – 5 Villian, 1:1 – 18 Keyn, 2:1 – 43, penalti Villian, 2:2 – 52 Alli, 3:2 – 75 Azar, 4:2 – 80 Matich.

Chelsi – Kurtua, David Luiz, Ake, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro (Fabregas, 74), Batshuayi (Diego Kosta, 61).

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Vertongen, Tripper, Eriksen, Dembele, Vanyama (Nkudu, 80), Dayer, Alli, Son Xin Min (Uoker, 68), Keyn.

Ogohlantirishlar: Alderveyreld (4), Alonso (45), Alli (73).

Boshqa yangiliklar