AsosiySport

APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ham aniqlandi

'APLda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ham aniqlandi'ning rasmi

“Tottenxem” jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi talqiniga ko`ra APLda yilning eng yaxshi yosh o`yinchisi deb tan olindi.Iqtidorlik futbolchi qatorasiga ikkinchi mavsum mazkur sovrinni qo`lga kiritmoqda.

Ushbu sovringa, shuningdek, Xarri Keyn (“Tottenxem”), Maykl Kin (“Byornli”), Romelu Lukaku (“Everton”), Jordan Pikford (“Sanderlend”) va Leroy Sane (“Manchester Siti”) da`vogarlik qilgandi.

Joriy mavsumda 20 yoshli Dele Alli hisobida barcha o`yinlarda 16 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Biroz avval, “Chelsi” yarim himoyachisi N’Golo Kante APLda yilning eng yaxshi futbolchisi bo`lgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar