Shu yilning 17–23 may kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o`quv-yig`in mashg`ulotlarini o`tab kelgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasi may oyi boshida ikkita o`rtoqlik o`yini o`tkazadi.
Aleksandr Mochinov qo`li ostidagi O`zbekiston U-18 terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Tbilisida Gruziya yoshlar termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.
Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.