Noma`lum kimsalar dushanba kuniga o`tar kechasi Kievdagi Litva elchixonasiga tutun hosil qiladigan granatani tashladi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Huquq-tartibot idorasi xodimlari elchixona binosidan 20 metr uzoqlikda bo`lgan joydan tutun hosil qiluvchi “RGD-2ch” granatasining qoldiqlarini topdi. Mazkur hududni tekshirish jarayonida piyoda askarlarga qarshi ishlatiladigan “F-1” qo`l granatasining bo`sh korpusini topdi. Barcha topilgan buyumlar ekspertizaga topshirildi. Polisiya “Bezorilik” moddasi bo`yicha jinoiy qo`zg`ash masalasini ko`rib chiqmoqda.
Mart oyida Polsha bosh elchixonasi granomyotdan o`qqa tutilgandan so`ng Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatdagi chet el elchixonalarining qo`riqlanishini kuchaytirgan edi.