Bugungi kunda O`zbekistonda 1615 nafar urush va mehnat fronti qatnashchilari yashaydi.
Bu haqda «Nuroniy» jamg`armasi bosh mutaxassisi Xulkar Fayzullaeva ma`lumot berdi.
Shundan Qoraqalpog`istonda 45 nafar, Qashqadaryo viloyatida - 120, Buxoro - 87, Xorazm - 85, Andijon - 83.
Prezident Qarori bilan bu yil urush qatnashchilariga 2 million so`mdan pul mukofoti hamda bir qator imtiyozlar berilishi belgilandi.
14 nafar urush qatnashchisiga yangi uy berildi, 174 nafarining uylari ta`mirlanadi, 288 nafariga reabilitasion jhozlar, uy maishiy texnikalari hamda boshqa zaruriy narsalar beriladi.
Shuningdek bu yil urush qatnashchilari «GM Uzbekistan» AJdan istalgan avtomobilini navbatsiz xarid qilish uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Ushbu avtomobillarga kompaniya avtoservislarida uch yil davomida bepul texnik xizmat ko`rsatiladi.
O`zbekistonda urush boshlangan yillarda 6,5 million kishi bo`lgan bo`lsa, shulardan 1,5 millioni urushda qatnashgan. 500 mingdan ortig`i urush maydonlarida halok bo`lgan.