AsosiySport

Aleksandr Mochinov Gruziyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlariga 19 futbolchini jalb qildi

'Aleksandr Mochinov Gruziyaga qarshi o`rtoqlik o`yinlariga 19 futbolchini jalb qildi 'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston U-18 terma jamoasi 2 va 4 may kunlari Tbilisi shahrida Gruziya yoshlar termasiga qarshi ikkita o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov mazkur uchrashuvlarda ishtirok etish uchun 19 futbolchini tanlab oldi. Quyida ular bilan tanishing:

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”);

Himoyachilar: Ibrohim Yo`ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo`ydinov (“Bunyodkor”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Nodirbek Kuybokov (“So`g`diyona”), Abdulaziz Yoqubov (“Andijon”), Jasurbek Yoqubov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Roman Jo`raev (“Paxtakor”), Bobir Asqarov (“Paxtakor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboev (“Nasaf”), Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Rasul Yo`ldoshev (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sa`dullaev (“Nasaf”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);

Hujumchilar: Abbosbek Jumaqulov (“Sementchi”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).

Bo`lajak o`yinlar O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar