AsosiySport

Germaniya Kubogi. “Borussiya D” safarda “Bavariya”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)

'Germaniya Kubogi. “Borussiya D” safarda “Bavariya”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)'ning rasmi

Germaniya Kubogi yarim finalida “Bavariya” jamoasi o`z maydonida azaliy raqibi – “Borussiya D” klubini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`ta murosasiz o`yinda dortmundliklar 3:2 hisobida zafar quchib, final yo`llanmasiga ega bo`ldi.

Final bahsida “Borussiya D” jamoasi Frankfurtning “Ayntraxt” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Bavariya – Borussiya D 2:3 (2:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 19 Roys, 1:1 – 28 Martines, 2:1 – 41 Xummels, 2:2 – 69 Obameyang, 2:3 – 74 Dembele.

Bavariya – Ulrayx, Martines, Xummels (Boateng, 62), Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 79), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 86), Levandovski.

Borussiya D – Byurki, Shmelser, Gerreyru, Pishchek (Pulishich, 80), Papastatopulos, Kastro (Durm, 46), Bender, Vaygl, Roys (Ginter, 90), Obameyang, Dembele.

Ogohlantirishlar: Vaygl (15), Dembele (25), Robben (31), Xabi Alonso (78), Byurki (90).


Boshqa yangiliklar