AsosiySport

Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi

'Ravshan Ermatov Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida ishlaydi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCh–2018 musobaqasidan avval o`tkaziladigan Konfederasiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo`yicha referi assistenti vazifasini bajaradi.

17 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan mazkur turnirda barcha 6 ta futbol konfederasiyadan jami 36 ta hakam ishlaydi. Ular JCh–2018 da ishlaydigan nomzodlar orasidan FIFA Hakamlar qo`mitasi tomonidan tanlab olindi.

Hakamlar FIFA tomonidan tashkil etilgan maxsus seminarlarda ishtirok etib, ham nazariy, ham amaliy tayyorlov kurslarini o`tdi. Nomzodlarni tayyorlashda FIFA Hakamlar qo`mitasi boshlig`i Perluiji Kollina va FIFA Hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzakka ishtirok etdi.

Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasida ishlaydigan barcha hakamlar bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Boshqa yangiliklar