27 aprel kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan to`ylardan birida Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist, taniqli aktyor va shoumen Aleksandr Oleshko boshlovchilik qildi. Bu haqda boshlovchi Nilufar Sotiboldieva o`zining Instagram` dagi sahifasida ma`lum qildi.
Sotiboldievaning o`zi ham mazkur to`yda boshlovchi sifatida ishtirok etgan.
“Men o`z ishimni sevaman. Ishim menga ajoyib, iste`doli insonlar bilan tanishish va ular bilan malaka almashish imkonini beradi. Bugungi to`yni biz Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Aleksandr Oleshko bilan birga olib boryapmiz. U ekranda ko`ringanidek quvnoq va samimiy inson ekan”,—deb yozadi Nilufar Sotiboldieva.