Kecha O`zbekiston futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov futzal bo`yicha O`zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez bilan uchrashdi.
Ispaniyalik mutaxassis O`FF binosida Mirabror Zufarovich qabulida bo`ldi. O`FF prezidenti Mendezga mamlakatimizda olib borayotgan samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va unga O`zbekiston futbol Federasiyasi ko`krak nishoni va esdalik sovg`asi topshirdi.
Ispaniyalik Xose Mariya Pazos Mendez O`zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoamiz 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar etib borgan edik.
Murabbiyning mamlakatimizdagi ikkinchi bor faoliyati ancha samarali bo`ldi. Quyida janob Mendez 2015 yilning mart oyida faoliyatini boshlaganidan keyin erishgan yutuqlarini keltirib o`tamiz.
O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan:
- 2016 yili Toshkentda bo`lib o`tgan Osiyo chempionati finalchisi (10-21 fevral, 2016 yil, Toshkent);
- 2016 yili Kolumbiyada o`tkazilgan futzal bo`yicha Jahon chempionati ishtirokchisi (10 sentyabr - 1 oktyabr, 2016 yil, Kolumbiya).
"Ardus" jamoasi bilan:
- O`zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016);
- O`zbekiston chempionati kumush medali sohibi (2015-2016, 2016-2017);
- Assosiasiya kubogi sohibi (2015);
- O`zbekiston kubogi finalchisi (2017).
Ayni paytda futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasini 16-26 may kunlari tarixda ilk bor o`tkaziladigan va Tailand mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorlamoqda.