AsosiySport

Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati o`yinida ishladi

'Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati o`yinida ishladi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov Bagam orollarida davom etayotgan plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati o`yinida ishladi.

Baxtiyor Namozov Braziliya va Taiti o`rtasidagi o`yinda vaqt nazoratchisi vazifasini bajardi. Mazkur o`yinda braziliyaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi.

Plyaj futbolida vaqt nazoratchisi o`yin boshlanishi, o`yindagi to`xtalishlar, jarima zarbalari vaqtida vaqtni nazorat qilib turadi.

Ma`lumot uchun, plyaj futboli bo`yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Musobaqa 7 may kuniga qadar davom etadi.

Boshqa yangiliklar