Ispaniya chempionati 35-turida “Real Madrid” jamoasi o`z maydonida “Valensiya” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli va anchagina murosasiz kechgan o`yinda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O`yinning 27-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo`lsa, 82-daqiqada Parexo muvozanatni tikladi.
86-daqiqada Marselo individual mahorat evaziga chiroyli gol urib, jamoasining g`alabasiga ulkan hissa qo`shdi.
Real Madrid – Valensiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 27 Ronaldu, 1:1 – 82 Parexo, 2:1 – 86 Marselo.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 90), Kazemiro, Kroos, Xames (Asensio, 66), Ronaldu, Benzema (Morata, 72).
Valensiya – Diego Alves, Garay, Toni Lato (Gayya, 86), Montoyya, Mangalya, Parexo, Soler, Orelyana (Bakkali, 89), Nani (Rodrigo, 70), Santi Mina,Munir.
Ogohlantirishlar: Parexo (21), Toni Lato (25), Kazemiro (52), Garay (56), Mangalya (64), Morata (77), Modrich (82).