O`zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi to`p surayotgan “Al-Jaish” klubi Qatar Kubogi finalida afsonaviy Xavi to`p tepayotgan “Al-Sadd”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o`yinda 2:1 hisobi qayd etilib, “Al-Sadd”ning g`alabasi bilan yakunlandi. O`yinning 21-daqiqasida Bag`dod Budenja hisobni ochgan bo`lsa, 38-daqiqada Sardor Rashidov muvozanatni tikladi.
Bellashuvning 73-daqiqasida Jugurta Hamrun tomonidan kiritilgan gol o`yin taqdirini hal qildi va “Al-Sadd” Qatar Kubogi sohibiga aylandi.
Eslatib o`tamiz, musobaqaning yarim finalida Sardor Rashidov so`nggi daqiqada kiritgan goli evaziga “Al-Jaish” mamlakat chempioni “Lahviya”ni 3:2 hisobida mag`lub qilgandi.
Qatar Kubogi–2017
Final uchrashuv
29 aprel, shanba
“Al-Sadd” – “Al-Jaish” 2:1
Gollar: Bag`dod Budenja (21), Jugurta Hamrun (73) – Sardor Rashidov (38)







