AsosiySport

“Bunyodkor” FK rahbariyatida o`zgarishlar yuz berdi

'“Bunyodkor” FK rahbariyatida o`zgarishlar yuz berdi'ning rasmi

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatida o`zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klubning yangi prezidenti etib O`ztransgaz AK Boshqaruv raisining o`rinbosari Ulug`bek Murodillaevich Ashurov tanishtirildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Boboev Baxtiyor Melievich o`z xohishiga ko`ra, lavozimidan ozod etildi. Klubga yangi bosh direktor etib Murod Boqievich Aliev tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar