AsosiyJamiyat

​Ichki ishlar vaziri Toshkentda doimiy propiska haqidagi savolga javob berdi

'​Ichki ishlar vaziri Toshkentda doimiy propiska haqidagi savolga javob berdi'ning rasmi

2 may kuni Xalqaro press-klubda Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov jurnalistlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi.

OAV vakillari doimiy aktual bo`lib kelgan poytaxtga doimiy propiska masalasi to`g`risida savol bilan murojaat qildi.

Savolga javob qaytarar ekan, vazir virtual qabulxonaga eng ko`p kelib tushgan masalalardan biri ham Toshkentga propiska masalasi ekanligini qayd etdi. Propiskani turli yo`llar bilan amalga oshirmoqchi bo`lganlarga qarata vazirlik doimiy propiska masalasida faqatgina hukumat qarorlari va qonunlarga asosan ish tutishini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar