Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “D” guruhi 6-turidan o`rin olgan Qatarning “Al-Rayyan” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari o`rtasidagi bellashuvga rasmiylar tayinlandi.
O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov mazkur uchrashuvga bosh hakam etib tayinlandi. Qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlaydi. To`rtinchi hakam vazifasi Dmitriy Pisleginga topshirildi.
Livanlik Bashir Abdulxoliq uchrashuv komissari sifatida qayd etilgan. Yaponiyalik Ishiyama Noboru hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi.
Ma`lumot uchun, “Al-Rayyan” – “Al-Hilol” klublari o`rtasidagi o`yin 8 may kuni Doha shahridagi Jassim Bin Hamad stadionida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 18:25 da boshlanishi ko`zda tutilgan.