AsosiyShou-biznes

​O`zbek kinorejissyorining filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

'​O`zbek kinorejissyorining filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti talabasi, yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning qisqa metrajli “U” (“Ona”) nomli filmi 70-Kann Xalqaro kinofestivaliga tavsiya qilindi.

Bu haqda bugun Toshkentda bo`lib o`tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida ma`lum qilindi.

Mazkur film Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar burchagida (Short Film Corner) ko`plab professional ijodkorlarning asarlari qatorida namoyish qilinadigan bo`ldi. Mazkur ma`lumot Xalqaro kinofestivalning www.cannescourtmetraj.com saytida ham e`lon qilingan. Bu esa mamlakatimiz kinematografiyasining yana bir ulkan yutug`i hisoblanadi.

Kinematografiyani rivojlantirish Markazining oldiga qo`ygan maqsad va vazifalaridan biri aynan yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda Markaz Muxlisa Azizovaning “U” filmini suratga olishga ko`maklashdi. Mazkur film Markazning ilk loyihalaridan biri.

Mazkur film fevral oyida Toshkent shahrida suratga olinib, unda aktyorlar Ra`no Shodieva, Karim Mirhodievlar bilan bir qatorda rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujev ham suratga tushgan.

8 may kuni Rus akademik drama teatrida film taqdimoti bo`lib o`tadi. Unga Dmitriy Dyujev ham tashrif buyuradi.

Kann xalqaro kinofestivali 17 dan 28 mayga qadar Fransiyada bo`lib o`tadi. 2017 yilda kinofestival o`zining ettmishinchi yubileyini nishonlamoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar