AQShning Nyu-York shtati beshinchi avenyuda joylashgan 58 qavatli Tramp-tauer deb ataluvchi osmono`par bino mamlakat prezidenti Donald Trampga tegishli.
Tramp AQSh prezidenti sifatida ish boshlaganidan so`ng mazkur bino muntazam ravishda jamoatchilik diqqat markazida bo`lib kelmoqda. Tramp-tauer binosi oldida prezident yuritayotgan siyosatdan norozi namoyishchilar tez-tez yig`ilib turadi. Bino ma`muriyati esa mazkur holatdan unumli foydalangan holda odamlar e`tiborini turli aksiyalar bilan jalb qilishga urinadi.
AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp turmush o`rtog`i Oq uyga ko`chib o`tganidan keyin ham osmono`par binoda yashashda davom etdi. Melanya ularning 10 yoshli o`g`li Berron o`quv yili tugaguniga qadar boshqa maktabga o`tishini istamadi.
Quyidagi suratlardan Tramp-tauer haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin.
Tramp-tauer binosidagi atrium, 2017 yil 26 aprel.
Tramp-tauerning g`ar tomondan ko`rinishi.
Tramp-tauer binosidagi asosiy foyega o`rnatilgan Ivanka Trampning surati.
Tramp-tauerda joylashgan zargarlik buyumlari do`konidan ayollar taqinchoqlar xarid qilmoqda.
Osmono`par bino yaqinidagi piyodalar yo`lakchasi
Tramp-tauerga kiraverishda turgan shveysar.
Binoga tashrif buyuruvchilardan biri sotuvga qo`yilgan Donald J. Trump Signature Collection kolleksiyasini suratga olmoqda
Tramp-tauer foyesidagi liftlar.
Tashrif buyuruvchi Tramp-tauerdagi atriumni suratga olmoqda.
Binodagi suvenirlar do`koni.
Bino yonidagi polisiya.
Tramp-tauer binosi yonidagi qo`riqlash xizmati.
Piyodalar Tramp-tauer binosi yonidan o`tayapti
Sayyohlar Tramp-tauer binosini suratga olmoqda
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...