O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida” qabul qilgan qarorida maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etiladigan oliy ta`lim muassasalari belgilab berildi.
Unga ko`ra, maxsus sirtqi bo`lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta`minlash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo`limida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha 15 ta va to`lov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida to`lov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yo`l muhandislari institutida to`lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.
Hujjatning to`liq matni bilan O`zAda tanishish mumkin.