O`zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko OChL–2017 turniri “H” guruhi 6-turidan o`rin olgan “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya) va “Gamba Osaka” (Yaponiya) klublari o`rtasidagi o`yinga bosh hakam etib tayinlandi.
Valentin Kovalenkoga qanotlarda Ma`mur Saidqosimov va Husniddin Shodmonov assistentlik qiladi. Singapurlik Chia Eng Va Jon hakamlar nazoratchisi bo`lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – Chen Yongliang (Xitoy).
“Jeju Yunayted” – “Gamba Osaka” uchrashuvi 9 may kuni Janubiy Koreyaning Jeju shahridagi Jeju World Cup Stadium maydonida o`tkaziladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.






