AsosiySport

Zinedin Zidan nima uchun Ronalduni qaydnomaga kiritmadi?

'Zinedin Zidan nima uchun Ronalduni qaydnomaga kiritmadi?'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionati 36-turida “Granada” mehmoni bo`ladi. Madridliklar ustozi Zinedin Zidan mazkur o`yin qadnomasini e`lon qildi.

E`tiborlisi, unda Krishtianu Ronaldu yo`q, deb yozadi Sports.uz nashri. Katta ehtimol bilan fransiyalik mutaxassis portugaliyalik 32 yoshli futbolchini “Atletiko”ga qarshi EChL yarim final javob o`yiniga asramoqda.

Quyida “Real”ning “Granada”ga qarshi qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Ruben Yanez;

Himoyachilar: Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Marselo, Koentrao, Danilo

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Kazemiro, Mateo Kovachich, Luka Modrich, Marko Asensio, Isko

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Mariano Diaz, Alvaro Morata.

    Boshqa yangiliklar