AsosiySport

APL. “Manchester Siti” yirik hisobda “Kristal Pelas”ni taslim qildi (Video)

'APL. “Manchester Siti” yirik hisobda “Kristal Pelas”ni taslim qildi (Video)'ning rasmi

Angliya chempionati 36-turida “Manchester Siti” jamoasi o`z maydonida “Kristal Pelas” futbolchilarini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`yinda “shaharliklar” 5:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga David Silva, Vensan Kompani, Kevin de Bryuyne va Rahim Sterling mualliflik qildi.

“Manchester Siti” ochkolari sonini 69 taga etkazib, 3-o`ringa ko`tarildi. London klubi 38 ochko bilan 16-o`rinda qolib ketdi.

Manchester Siti – Kristal Pelas 5:0 (1:0, 4:0)

Gollar: 1:0 – 2 Silva, 2:0 – 49 Kompani, 3:0 – 59 de Bryuyne, 4:0 – 82 Sterling, 5:0 – 90 Otamendi.

Manchester Siti – Kabalero, Kompani, Otamendi, Klishi, Sterling, Silva (Sabaleta, 68), Fernandino, de Bryuyne, Ture, Sane (Navas, 84), Gabriel Jezus (Ixeanacho, 84).

Kristal Pelas – Xennessi, van Anxolt, Kelli (Dileyni, 76), Uord, Milivoevich (Flamini, 67), Zaa, Makartur, Taunsend (Li Chun Yun, 57), Panchon, Shlupp, Benteke.

Ogohlantirishlar: Kelli (4), Kompani (33), Milivoevich (52), Dileyni (90).

Boshqa yangiliklar