AsosiySport

Kosmin Olariu: O`yin nima bilan tugashini oldindan bilmayman

'Kosmin Olariu: O`yin nima bilan tugashini oldindan bilmayman'ning rasmi

OChL–2017 turniri “A” guruhi 6-turidan o`rin olgan “Al-Ahli” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan mMatbuot anjumanining ikkinchi qismida "Al Ahli" bosh murabbiyi Kozmin Olariu va darvozabon Majid Nasir savollarga javob qaytarishdi.

“Muhim bir pallada turibmiz. Ertangi o`yin qanday o`tishini bilmadim-u, lekin biz guruhdan chiqishga haqlimiz. Buni avvalgi o`yinlarda ham isbotladik. Men futbolchilarimga ishonaman, ular keyingi bosqich masalasini hal eta olishadi. Hozircha 8 ochko to`pladik, ikki yil oldin ham shuncha ochko to`plab guruhdan chiqqandik. Lekin bu yil nima bo`lishini bilmayman.

O`ylaymanki, bizda gol urish imkoniyat bo`ladi va bundan foydalanamiz. Toshkentdagi bahsda yaxshi hrakat qila olmagandik. U erda o`yinni 1:0dan boshlab, qolaversa Asamoa Gyan jarohat olib maydonni tark etgandi. Lekin ertaga bunday bo`lmaydi deb umid qilaman.

Oxirgi uchta o`yinni durang bilan yakunladik. Nima uchun? Chunki biz oxirgi uch o`yinda uch ochkoni qo`lga kiritishni xohlagandik va buni uddaladik. Albatta, bu hazil”, – dedi Kozmin Olariu.

“O`z muxlislarimiz qarshisida yutqazib qo`yishni xohlamaymiz. Maqsadimiz - ertaga ijobiy natija qayd etib, keyingi bosqichga chiqish”, – dedi Majid Nasir.

Boshqa yangiliklar