Toshkentda O`zbekiston futbol federasiyasi va Xalqaro futbol federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan FIFAning yordamchi hakamlar dasturi (RAP) bo`yicha o`quv-kurslari boshlandi.
Bugun, 8 may kuni boshlangan o`quv-kurslar 12 mayga qadar davom etadi. Dasturning asosiy maqsadi ishtirokchilar bilimi va mahoratini nazariy jihatdan boyitish, dunyo bo`ylab instruktorlar va murabbiylarning zamonaviy trendlari bilan tanishtirishdan iborat.
Shuningdek, dastur mahalliy hakamlar va yordamchi hakamlarning bilimini yangilash va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.






