Angliya chempionati 36-turida “Chelsi” jamoasi Londonda “Midlsbro” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy o`yinda Diego Kosta, Markso Alonso va Nemanya Matichning gollari “Chelsi”ga yirik g`alaba taqdim qildi.
Mazkur g`alabadan keyin londonliklar chempionlik uchun juda yaqin qadam tashladi.
Chelsi – Midlsbro 3:0
Gollar: 1:0 – 23 Diego Kosta, 2:0 – 34 Alonso, 3:0 – 65 Matich.
Chelsi – Kurtua, David Luiz (Terri, 84), Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Chaloba, 81), Fabregas, Azar (Villian, 72), Diego Kosta.
Midlsbro – Gyuzan, Chembers, Frend, Fabio, Gibson, Forshou (Lidbitter, 56), Kleyton, Traore (Bemford, 57), de Ron, Dauning, Negredo (Jested, 83).
Ogohlantirish: Fabio (60).