AsosiySport

OChL–2017. “Lokomotiv” so`nggi turda sharmandali mag`lubiyatni qabul qildi

'OChL–2017. “Lokomotiv” so`nggi turda sharmandali mag`lubiyatni qabul qildi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi so`nngi, 6-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda Dubayning “Al-Ahli” klubi mehmoni bo`ldi.

Salmin Hamis, Ismoil al-Hammadi, Asamoa Gyan va Everton Ribeyroning gollari “Al-Ahli”ning yirik g`alabasini ta`minladi. Mazkur uchrashuvdan so`ng “Lokomotiv” musobaqani tark etishga majbur bo`ldi.

Parallel ravishda kechgan o`yinda Tehronning “Istiqlol” jamoasi mehmonda Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” bilan kuch sinashdi. Ushbu o`yinda eronliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Demak, “A” guruhidan “Al-Ahli” va “Istiqlol Tehron” klublari OChL–2017 pley-off bosqichiga yo`l oldi.

OChL–2017. “A” guruhi
Dubay, BAA
9 may, seshanba

“Al-Ahli” – “Lokomotiv” 4:0 (1:0, 3:0)

Gollar: Salmin Hamis (27), Ismoil al-Hammadi (59), Asamoa Gyan (73), Everton Ribeyro (77)

Ogohlantirishlar: Oleg Zoteev (17), Islom To`xtaxo`jaev (58)

“Al-Ahli”: Majid Nosir, Salmin Hamis, Asamoa Gyan (Volid Hussayn, 78), Xabib al-Fardan (Volid Ambar, 81), Volid Abbos, Ismoil al-Hammadi, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil, Said Ahmad, Abdulaziz Haykal (Muhammad Sebil, 82), Abdulaziz Sanqur.

“Lokomotiv”: Ma`mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev (Diyor Turopov, 79), Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Muhammad Kone (Timur Kapadze, 62), Jaloliddin Masharipov (Quvondiq Ro`ziev, 67).

Boshqa yangiliklar