1

​O`zbekiston termasining eng katta g`alabasiga hissa qo`shgan futbolchi vafot etdi

Sport 10.05.2017, 11:44
Teglar: vafot etdi
​O`zbekiston termasining eng katta g`alabasiga hissa qo`shgan futbolchi vafot etdi

O`zbekiston terma jamoasining 1994 yilgi Osiyo o`yinlarida g`olib chiqishida mehnat qilgan sobiq futbolchi Ulug`bek Ro`zimov vafot etdi.

Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

1968 yilning 15 avgustida dunyoga kelgan Ulug`bek Ro`zimov futbolchilik faoliyatini 1985 yil «Xorazm» klubida boshlagandi. U keyinchalik karerasining asosiy qismini Toshkentning «Paxtakor» jamoasi tarkibida o`tkazdi.

Ulug`bek Ro`zimov 1994 yil Yaponiyaning Xirosima shahrida bo`lib o`tgan XII Osiyo o`yinlarida g`olib chiqishga muvaffaq bo`lgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiylik qilgan O`zbekiston termasiga chaqirilgan Ro`zimov vafotiga qadar «Paxtakor» akademiyasida ishlab kelayotgandi.

Sobiq futbolchining o`limiga aynan nima sabab bo`lgani ma`lum qilinmagan.

Sharhlar

Orenburgda hushsiz topilgan o`zbekistonlik shifoxonada vafot etdi

28.10.2019, 09:10

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi O`zbekiston fuqarosi J.R. ning 2019-yil 16-oktyabr kuni Orenburg viloyatida temir yo`l yaqinida hushsiz holatda topilgani to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni...
​Qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov vafot etdi

11.07.2017, 11:56

Qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov 11 iyul kuni vafot etdi. U 2017 yilning 14 may kuni tug`ilgan edi.11 iyulga o`tar kechasi chaqaloqning ahvoli og`irlashgan. Erta tongdan...
​Yaponiyada olti kishi issiq havodan vafot etdi

11.07.2017, 10:47

Bir hafta davomida Yaponiyada olti kishi jazirama issiqdan vafot etdi, 4241 kishi kasalxonaga joylashtirildi.3 dan 9 iyulga qadar gospitalizasiya qilinganlar soni o`tgan haftadan 2 marta...
​Manila hayvonot bog`ida dunyoning eng keksa begemoti vafot etdi

10.07.2017, 13:54

Dunyoning eng keksa gippopotami – 65 yoshli Berta laqabli urg`ochi Manila hayvonot bog`ida vafot etdi.Bog` direktori Xames Dichaves 2,5-tonnali begemot juda ko`p organlarining ishdan chiqqanligi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1