1

​Gulchehra Jamilova: “Yana mahallada duv-duv gap” engil-elpi film bo`lishi mumkin emas” (Video)

Shou-biznes 10.05.2017, 12:19
Teglar: Video, Foto, Aktrisa, Film, ​Gulchehra Jamilova
​Gulchehra Jamilova: “Yana mahallada duv-duv gap” engil-elpi film bo`lishi mumkin emas” (Video)

“Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni va o`nlab xalqaro kinofestivallarda bosh mukofot sohibi bo`lgan rejissyor Shuhrat Abbosov “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Yana mahallada duv-duv gap” filmiga rejissyorlik qilgani haqida avvalroq xabar bergandik.

O`zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Darakchi.uz nashri bilan kinokartina haqidagi taasurotlarini o`rtoqlashdi.

“Yana mahallada duv-duv gap filmida buvi obrazini yaratdim. Filmga Shuhrat Abbosov qo`l urganlarini bilib, hech ikkilanmay taklifni qabul qildim. Shuhrat Abbosov O`zbekiston kino san`atida katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan rejissyorlardan biri. Kinoga kirib kelishimga ham shu inson sababchi bo`lgan.

“Mahallada duv-duv gap”ning davomini muallifning o`zlari olganliklari nur ustiga a`lo nur bo`ldi. Uzoq yozilgan ssenariy, puxta olingan sahnalar, aminmanki, film o`z tomoshabin ko`nglidan alohida joy egallaydi.

Biroq filmni “Mahallada duv-duv gapning” davomi deb tushunish kerakmas, sababi o`zim bilan suhbatda bo`lgan aksariyat muxlislar aynan shunday deb bilishyapti hamda unda ilk filmning farzandlari taqdiri namoyish etilishini kutishayotganini angladim. Tomoshabin o`zini filmning mantiqiy davomini ko`rishga tayyorlamasligi kerak, “Mahallada duv-duv gap” bu klassik asar, san`atimiz durdonasi bo`lib qoladi.

“Yana mahallada duv-duv gap”da o`zgacha mavzu, mutlaqo boshqa davr, o`zga dunyoqarashga ega odamlarning taqdiri namoyish etiladi.

Filmni serial qilish rejasi haqida ham eshitdim.

Tomoshabinni didi va dunyo qarashi har xil, shu sababli haqqoniy bahoni faqat ular beradi. O`zim ham filmni intizorlik bilan kutyapman. Filmni o`z ishining haqiqiy ustasi olgan ekan, uni salmoqli film bo`lishiga ishonaman.

Shuhrat Abbosovning o`z qalami bor, juda katta madaniyat va mahoratga ega inson, shu sababli “Yana mahallada duv-duv gap” engil-elpi film bo`lishi mumkin emas!”

Ayni damda film badiiy kengashga topshirilgan, premeraga ham oz fursatlar qolmoqda.







Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1