Germaniyaning Bremerxafen shahar bojxonachilari Rossiyaga olib ketilishi mo`ljallangan 41 kg kokoinni qo`lga tushirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Bojxona xizmati xodimlari bergan xabarga ko`ra, kokoin Ekvadorga jo`natilayotgan banan solingan konteyner ichiga joylashtirilgan. Mazkur miqdordagi giyohvandlik moddasining qora bozordagi narxi 6 million evroni tashkil etadi.