Angliya chempionati 37-turida “Chelsi” jamoasi safarda “Vest Bromvich” mehmoni bo`ldi. Mazkur o`yinda londonliklar 1:0 hisobida zafar quchib, muddatidan avval chempionlikka erishdi.
Uchrashuvda yagona golga Mishi Batshuayi mualliflik qildi. Shu tariqa, “Chelsi” beshinchi marta Angliya chempioniga aylandi.
“Vest Bromvich” – “Chelsi” 0:1 (0:1)
Gol: Batshuayi 82
“Vest Bromvich”: Foster, MakOli (Uilson 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob 51), MakKlin (Shadli 59), Brant, Rondon.
“Chelsi”: Kurtua, Luis, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma 86), Pedro (Batshuayi 76), Fabregas, Azar (Villian 75), Kosta.