AsosiySport

Ronaldu “Real” safida 400 tadan ortiq gol urdi (Foto)

'Ronaldu “Real” safida 400 tadan ortiq gol urdi (Foto)'ning rasmi

Ispaniya chempionati 37-turida “Real Madrid” o`z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur o`yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etib, Madrid klubi safidagi gollari sonini 400 taga etkazdi.

Portugaliyalik futbolchi ushbu natijani qayd etishi uchun 391 o`yin kerak bo`ldi. Shuningdek, u jami 107 ta golli pas, 42 ta xet-trik qayd etgan. “Real” safida Ronaldu 13 ta sovringa ega chiqdi.

“Real”dagi faoliyati davomida 32 yoshli forvard 60 ta turli klubga gol urgan, eng ko`p golini aynan “Sevilya” darvozasiga kiritgan. Andalusiyaliklarga qarshi 17 o`yinda hujumchi 24 ta gol kiritgan.

Portugaliyalik futbolchining gollari quyidagi musobaqalarda urilgan:

La Liga: 282

Ispaniya Kubogi: 22

Ispaniya Superkubogi: 3

Chempionlar ligasi: 88

Klublar o`rtasidagi JCh: 4

UEFA Superkubogi: 2

Boshqa yangiliklar