Ekvador polisiyasi bozor narxi 250 million dollar bo`lgan 5,53 tonna kokainni qo`lga oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Giyohvand moddasini sotish bilan shug`ullanuvchi shaxslar mazkur kokainni Evropaga jo`natishni rejalashtirishgan. Giyohvandlik moddasi Panama kanali orqali La-Libertadan Ispaniyaga jo`nagan yuk kemasiga ortilgan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari kemani Tinch okeanida qo`lga olishga muvaffaq bo`lishdi. Jinoiy guruhning rahbari, Kolumbiya va ispaniyalik o`nlab a`zolari ham ushlandi.