AsosiySport

O`zbekiston U-20 terma jamoasi Bruneyni yirik hisobda mag`lub etdi

'O`zbekiston U-20 terma jamoasi Bruneyni yirik hisobda mag`lub etdi'ning rasmi

Shu yilning 16–26 may kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo`yicha tarixda ilk marta 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.

O`zbekiston U-20 terma jamoasi delegasiyasi 8 may kuni Tailandga uchib ketgan edi. Xose Mariya Pazos Mendez boshchiligidagi yoshlarimiz avvaliga 10 may sanasida Vetnam yoshlariga qarshi nazorat o`yini o`tkazishdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 12 mayda esa Xitoy U-20 terma jamoasini 3:1 hisobida mag`lub etishgan edi.

13 may kuni yoshlarimiz Bruney U-20 terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o`tkazdi. Osiyo chempionatidan oldingi so`nggi bahsda vakillarimiz 9:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.

Boshqa yangiliklar