Angliya chempionati 28-tur qoldirilgan o`yinida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan “Chelsi” o`z maydonida “Uotford” bilan o`ynadi.
Gollarga boy kechgan o`yinda “Chelsi” qiyinchilik bilan 4:3 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida Jon Terri, Sezar Aspilikueta, Mishi Batshuayi va Sesk Fabregas gol urdi.
Chelsi – Uotford 4:3 (2:1)
Gollar: Terri 22, Aspilikueta 36, Batshuayi 49, Fabregas 88 — Kapu 24, Yanmat 51, Okaka-Chuka 74.
Chelsi: Begovich, Zuma, Terri, Ake, Kenedi (Ayna 75), Villian, Chaloba (Fabregas 79), Azar, Kante, Aspilikueta, Batshuayi (Pedro 84).
Uotford: Gomes, Predl, Xolebas, Yanmat, Mariappa, Kapu (Dini 90+1), Amrabat, Dukure, Bexrami, Kleverli, Nyang (Okaka-Chuka 71).
Ogohlantirishlar: Xolebas 4, Amrabat 11, Ake 30, Chaloba 58, Predl 83, Dini 90, Okaka-Chuka 90
Chetlatish: Predl (90)