Fransiya chempionatining joriy mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida ushbu mavsumning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash marosimi bo`lib o`tdi.
“Monako” ustozi Leonardo Jardim Fransiya chempionatining 2016/17 yilgi mavsumida eng yaxshi murabbiy deb tan olindi. Ayni vaqtda jamoa mamlakat chempioni bo`lishi juda yaqin turibdi.
“Monako” bitta o`yinda zafar quchsa, Fransiya chempioniga aylanadi. Shuningdek, tajribali mutaxassis qo`li ostida “Monako” EChL yarim finaliga qadar etib bordi.
Oldinroq PSJ hujumchisi Edinson Kavani mavsumning eng yaxshi futbolchisi, “Monako” a`zosi Kilian Mbappe esa mavsumning eng yaxshi o`yinchisi deb tan olingani haqida xabar berilgandi.






