AsosiySport

“Futbol do`stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi

'“Futbol do`stlik uchun” loyihasining barcha ishtirokchilari aniqlandi 'ning rasmi

“Lokomotiv” futbol klubi tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov, Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf o`quvchisi Amir Sharipov, UzReport telekanali muxbiri Orif Tolipov va sport sharhlovchisi Davron Fayzievlar iyul oyida Rossiyaning Sankt -Peterburg shahrida tashkil qilinadigan "Futbol do`stlik uchun" loyihasida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar qilmoqda.

FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo`lib o`tadigan beshinchi mavsumi start olganini e`lon qilgani haqida xabar berilgandi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya`ni, ikki barobar ko`paydi. O`zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston sharafini “Yashil do`stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko`ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo`lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo`lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo`lishi kerak. Shu maqsadda, O`zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o`tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g`olib bo`ldi.

Shuningdek, musobaqada har bir mamlakatdan bir yosh va tajribaga ega bo`lgan jurnalist qatnashadi. O`zbekiston futbol federasiyasi tomonidan o`tkazilgan monitoring natijalariga ko`ra, 12 yoshli Amir Sharipov yosh jurnalist sifatida, UzReport TV telekanalining informasion dasturlari muxbiri Orif Tolipov mazkur loyihada ishtirok etish huquqiga ega bo`ldi.tajribaga ega bo`lgan jurnalist sifatida g`olib bo`ldi. Bundan tashqari, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev ham “Futbol do`stlik uchun” loyihasida O`zbekistonning eng nomdor vakillaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadigan musobaqada O`zbekiston delegasiyasiga O`FF texnik direktori Shavkat Imomov rahbarlik qiladi.

Boshqa yangiliklar