AsosiyDunyo

​Moskva FHDYolarida nikohdan o`tayotganda musiqa va shampan vinosi ichish taqiqlandi

'​Moskva FHDYolarida nikohdan  o`tayotganda musiqa  va shampan vinosi ichish taqiqlandi'ning rasmi

Moskva shahrida nikohdan o`tayotgan yoshlarga bir qator cheklovlar qo`yildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Endi FHDYo muassasalariga musiqachilarni olib kelish, turli xil gullarni sochish, spirtli ichimliklar ichgan holda bazmlar tashkil etish, an`anaviy tadbirlar o`tkazish taqiqlandi. Mazkur tanlov 1 maydan kuchga kirdi. Yozgacha barcha FHDYolar musiqachilarning o`rnini bosuvchi maxsus texnikalar bilan jihozlanadi. FHDYo xizmati davlat boji hisobiga kiritiladi. Moskva FHDYo boshqarmasi bunday taqiqning yo`lga qo`yilishiga xususiy tadbirkorlar xizmatidan voz kechishi sabab bo`ldi. Aksariyat hollarda nikohdan o`tayotgan yoshlar musiqachi topishda doim FHDYo muassasalaridan yordam so`ragani tufayli, ular musiqachilar xizmatini davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirishni ko`zda tutib, xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlikni to`xtatdi. Bu taqiqdan xususiy tadbirkorlarning “biznesi” sinadigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar