AsosiyDunyo

​Niderlandiya qiroli yo`lovchi tashiydigan samolyotda yashirincha uchuvchi bo`lib ishlashi aniqlandi

'​Niderlandiya qiroli yo`lovchi tashiydigan samolyotda yashirincha uchuvchi bo`lib ishlashi aniqlandi'ning rasmi

Niderlandiya qiroli yashirincha uchuvchi bo`lib ishlashini tan oldi, deb xabar berdi 1tv.ru nashri.

Qirol Gollandiya nashrlaridan biriga yo`lovchi tashuvchi laynerda ikkinchi uchuvchi vazifasida ishlashini tan oldi. Qirol Villem-Aleksandr 2013 yilda taxtga chiqqunga qadar parvoz qilish lisenziyasiga egaligi hammaga ma`lum edi. Ammo u shu paytgacha haftasiga ikki marotaba xizmatga aloqador parvozlarni amalga oshiruvchi, sig`imi katta bo`lmagan mahalliy avialiniyada ikkinchi uchuvchi, lavozimida ishlashini yashirib kelgan.

Villem-Aleksandr yo`lovchilar bilan salomlashganiga qaramay, o`zini tanitmagan. Ammo uning ovozini tanib qolgan samolyot yo`lovchilaridan ayrimlari shturvalni kim boshqarayotganligini sezib qolgan. Hamma sir oshkor bo`lgandan keyin qirol sevimli ishidan voz kechish niyati yo`qligini, aksincha uzoq masofalarga parvozni amalga oshiruvchi “Boing-737” samolyotini boshqarishni o`rganish istagi borligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar