Instagramdagi jurnal sharhlovchilari uning bunday yondashuvini suratlarga “o`zgacha sehr” bag`ishlaydi, deb hisoblashdi, deya xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Lollipop Magazine nashrida faoliyat yurituvchi Joshua Pol (Joshua Paul) “Formula-1” poygalarini bir necha marotaba 1913 yilda ishlab chiqarilgan Graflex 4×5 kamerasida suratga oldi. Uning retro usulda suratga olishiga Petapixel nashri e`tibor qaratdi.
Pol Kaliforniyadagi kollejni tamomlagandan keyin, ya`ni 1997 yildan beri professional fotosuratchilik bilan shug`ullanib keladi. U yoshi bir asrdan yuqori bo`lgan fotokamerasi yordamida olgan suratlari bilan bir necha jurnallar o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Bunday kameralarni faqatgina kolleksionerlardan topish mumkin. U ilk marotaba Graflex poygasini 2013 yilda suratga olgan edi. Oradan bir necha yil o`tgach, poyganing eng hayajonli damlarini aks ettiruvchi Lollipop Magazine nomli xususiy fotojurnalini ochdi.












