2015 yil oxiri 2016 yil boshida Parij va Bryusselda sodir etilgan teraktlar oqibatida Evropa kompaniyalari 2,5 milliard dollar daromadini yo`qotdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Odamlarning aviaparvoz vaqtidagi teraktlardan vahimaga tushgani sababli ularning daromadi tushib ketdi. Yo`lovchilar oqimi 1,6 foizga kamaydi. Ammo bu narsa vaqtinchalik bo`lib, 2016 yilning iyun oyiga kelib, vaziyat yaxshi tomonga o`zgardi. IATA mutaxassislari buni Evropada iqtisodiy vaziyatning o`zgarganligi va chiptalar narxining arzonlashgani bilan bog`ladi.
Biroq shu kunga qadar Osiyo-Evropa yo`nalishiga bo`lgan talab hozirgacha tiklangani yo`q. IATA mutaxassislari buni “Osiyo xalqlarining terrorchilik aktlariga nisbatan ta`sirchanligi”, deb baholadi. 2016 yilda jahon bo`yicha yo`lovchi tashish aylanmasi 7,4 foizga oshdi. Agar Evropada teraktlar sodir etilmaganda mazkur ko`rsatkich 7,8 foizni tashkil etgan bo`lardi.
May oyining o`rtasida Evrokomissiya Evropaga parvoz qilishi taqiqlangan aviatashuvchilarning yangi ro`yxatini e`lon qildi. Mazkur ro`yxatga xavfsizlik bo`yicha muammolari mavjud bo`lgan ikki yuzga yaqin aviakompaniyalar kiritilgan.






