Manchester terakti qurbonlari soni 22 taga etdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Manchester shahar stadionida ro`y bergan terakt 22 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, qurbon bo`lganlar orasida bolalar ham bor. Yaralangan 59 nafar odam turli tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Dushanba, 22 may kuni “Manchester Arene” stadionida konsert bo`layotgan edi. Xonanda Ariana Grande so`nggi qo`shig`ini ijro etib, sahnani tark etgach, kuchli portlash ovozi yangradi. Minglab tomoshabin o`tirgan stadionda bolalar va o`smirlar ham bo`lgan. Teraktni xudkush-terrorchi amalga oshirgan.






