AsosiyDunyo

​Ramzan Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechasi o`tkazishni taqiqladi

'​Ramzan Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechasi o`tkazishni taqiqladi'ning rasmi

Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maktablarda o`tkaziladigan bitiruv kechalarini o`tkazmaslik taklifini kiritdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

U shu bilan birga mazkur tadbirni o`tkazish uchun maktablarda pul yig`ilmasligi kerakligini ham ta`kidladi.

Ramzan Qodirov bu taklifni Checheniston respublikasi fan va ta`lim vaziri Ismoil Boyxonov bilan bo`lib o`tgan amaliy uchrashuv paytida kiritdi.

Checheniston rahbari o`zining Instagram sahifasida ham maktabda bitiruv kechalarini bekor qilishni taklif qildi. Ota-onalar o`z xohish-istaklari, ikoniyatidan kelib chiqib mazkur tadbirni tashkil etishlari mumkin. Ramzan Qodirov bitiruv kechasini o`tkazish uchun respublikada turli qahvaxona va restoranlar mavjudligini, bu erda xohlagan odam istagan tadbirini o`tkazish mumkinligini aytdi.

Maktab bitiruv kechasini o`tkazish ota-onalar qo`mitasi bilan muhokama etiladigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar