Yaponiyaning fizika-kimyo tadqiqoti Instituti laboratoriyasida ilk “fazoviy sichqonlar” dunyoga keldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Mazkur tadqiqot natijalari haqidagi maqola Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi. Tadqiqotning o`ziga xos tomoni shundaki, sichqonlar 9 oy mobaynida muzlatib qo`yilgan biologik material yordamida dunyoga keldi. Ularning nomi “fazoviy” bo`lgani bilan sog`ligi jihatdan oddiy sichqonlardan deyarli farq qilmaydi.
Professor Teruxiko Vakayamaning so`zlariga qaraganda, tadqiqot o`tkazishdan asosiy maqsad fazoda oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sun`iy urug`lantirish orqali hayvonlarni ko`paytirish imkoniyatini tekshirish bo`lgan. “Agar odamlar uzoq muddat davomida fazoda yashaydigan bo`lsa, ular mol go`shtini eyishni xohlab qolishlari mumkin. Biz o`tkazgan tadqiqot bu ishning imkoni bor yo`qligini aniqlash yo`lidagi ilk qadam bo`ldi”, deb ma`lumot berdi professor.