AsosiySport

Nukus shahrida plyaj futboli bo`yicha OFKning xalqaro o`quv-kurslari start oldi

'Nukus shahrida plyaj futboli bo`yicha OFKning xalqaro o`quv-kurslari start oldi 'ning rasmi

Bugun, 25 may kuni Nukus shahrida plyaj futboli bo`yicha OFKning «Level 1» sertifikati uchun xalqaro o`quv-kurslari start oldi. Birinchi bor o`tkazilayotgan mazkur kurslarda Qoraqalpog`iston Respublikasidan jami 19 murabbiy ishtirok etmoqda.

Ummonlik Tolib Hilol al-Tanaviy o`quv-kurslarini olib bormoqda. Unga O`FF texnik direktori Shavkat Imomov assistentlik qilayotgan bo`lsa, koordinator vazifasi Qopaqalpog`iston Respublikasi futbol feredasiyasi mutaxassis Jalimov Ongrabayga yuklatildi.

Ushbu o`quv-kurslarini o`tkazishdan asosiy maqsad – qatnashchilarning nazariy va amaliy bilimini oshirish. O`quv-kurslar yakunida imtihon topshirib, undan muvaffaqiyatli o`tgan qatnashchilar plyaj futboli bo`yicha OFKning «Level 1» va O`FF lisenziyasiga ega bo`ladi.

Boshqa yangiliklar