​Shavkat Mirziyoev Shayxontohur tumanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

Jamiyat 26.05.2017, 13:11
Teglar: O`zbekiston, Toshkent, Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Shavkat Mirziyoev Shayxontohur tumanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

Davlatimiz rahbari poytaxtimiz tumanlariga tashrif buyurib, odamlar bilan muloqot qilmoqda, masalalarni joyida o`rganib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga doir ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

Shayxontohur tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish asnosida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev «Toshkent issiqlik markazi» aksiyadorlik jamiyatining 3-issiqlik markazida bo`ldi, deya xabar beradi O`zA. Mazkur issiqlik markazi 1970 yillarda qurilgan bo`lib, tumandagi 937 ob`ektga issiqlik quvvati etkazib beradi.

Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlar texnik va ma`naviy eskirgani, markaziy qozonxonalar iste`molchilardan uzoq masofada joylashganligi sababli issiqlik etkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Toshkent shahrini to`liq energiyatejamkor lokal qozonxonalarga o`tkazishimiz zarur, dedi Prezidentimiz.

Shu erda Shayxontohur tumanida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar haqida ma`lumot berildi.

Tijorat banklari aholiga bank xizmatlari ko`rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, daromadini oshirish, ish bilan ta`minlashda ham samarali ishlar olib bormoqda.

Taqdimoti o`tkazilgan loyihalarda ana shunday masalalar o`z ifodasini topgan. Tijorat banklari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma`lumotlar keltirildi. Loyihalarda yaratiladigan ish o`rinlariga qarab kreditning yillik stavka foizi pasayib boradi. Bitta ish o`rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz, beshta va undan ortiq ish o`rni yaratgan tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilanadi.

Bu loyihalar aholi farovonligiga xizmat qiladi. Shuning uchun har bir loyihani sifatli va o`z vaqtida amalga oshirishga alohida e`tibor berish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Joriy o`quv yilida tumandagi 9 kasb-hunar kollejini 4,5 mingdan ko`proq o`quvchi tamomlaydi. Ularning aksariyati bilan to`rt tomonlama shartnoma tuzilgan, bitiruvchilar iqtisodiyot kompleksiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o`tamoqda.

Prezidentimizga tumandagi kollejlarda o`quvchilar qaysi sohalarda o`qishni tamomlayotgani, kredit olib o`z tadbirkorligini boshlamoqchi bo`lgan yoshlar haqida ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarning birontasi ham bo`sh qolmasligi, ularning ishga joylashishini qat`iy nazoratga olish zarurligini ta`kidladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda xususiy tibbiyot sohasi jadal rivojlanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 4 apreldagi «Sog`liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori bu borada muhim bosqichni boshlab berdi. Shayxontohur tumanida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimotida bu sohaga ham alohida e`tibor qaratilgan.

«Trust medikal centre» mas`uliyati cheklangan jamiyati ochayotgan tibbiy markazga rivojlangan davlatlardan yuqori sifatli jarrohlik uskunalari olib kelib o`rnatilmoqda. Joriy yilning 3 choragida foydalanishga topshiriladigan mazkur klinikada 60 ish o`rni yaratiladi.

«Zangiota zam-zam» MChJ «Savdogar bank» kreditlari evaziga lor va ginekologiya sohasida zamonaviy tibbiy xizmat ko`rsatish bo`yicha istiqbolli loyihaga qo`l urgan. 2018 yilning 2 choragida to`liq ishga tushishi kutilayotgan loyihada 30 kishining bandligi ta`minlanadi.

Tumanda 2017 yilda sanoat va xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investisiyalar haqida ham ma`lumot berildi.

Kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, mebel va qog`oz, oziq-ovqat, to`qimachilik, farmasevtika, charm-poyabzal, qandolatchilik, elektrotexnika sohalaridagi loyihalarga ajratiladigan kreditlar miqdori, yangi korxonalarda yaratiladigan ish o`rinlari haqida batafsil axborot berildi.

Davlatimiz rahbari loyihalarning ahamiyati haqida to`xtalib, ularning har birini o`z vaqtida ishga tushirish kerakligini alohida ta`kidladi.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1