AsosiyDunyo

​Aholisining ko`pligi jihatdan Hindiston Xitoydan o`zib ketdi

'​Aholisining ko`pligi jihatdan Hindiston Xitoydan o`zib ketdi'ning rasmi

Hindistonning aholisi ko`payganligini tadqiqot ishlarini olib borgan xitoylik, demografiya bo`yicha mutaxassis I Fusyan aniqladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Madisondagi Viskonson universiteti professori I Fusyan Xitoy xalq respublikasining fuqarolar soni rasmiy ma`lumotda ko`rsatilgandan 90 million kishiga kamligini ma`lum qildi. Agar olimning so`zlariga ishonadigan bo`lsak, ayni paytda Xitoyda 1,38 milliard kishi emas, balki 1,29 milliard odam istiqomat qiladi. I Fusyanning hisoblashicha, hozirda Hindistonda 1,32 milliard kishi yashamoqda. Mazkur ko`rsatkich bilan u Xitoyni ortda qoldiradi.

I Fusyan — Osiyoda mashhur bo`lgan “Bo`m-bo`sh uyali katta mamlakat” kitobining muallifi hisoblanadi. Tadqiqotchining fikricha, oilani rejalashtirish maqsadida Xitoyda yo`lga qo`yilgan “bir oilaga bir bola” dasturi mamlakatga jiddiy zarar etkazgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar