Kinematografiyani rivojlantirish markazining ko`magi ostida, O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti talabasi, yosh rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan «U» nomli qisqa metrajli film 70-Kann Xalqaro kinofestivaliga tavsiya qilingani va festivalning qisqa metrajli filmlar burchagida (Short Film Corner) ko`plab jahon kinoijodkorlarining asarlari qatori namoyish qilinishi haqida xabar bergandik.
Ayni kunlarda Markaz direktori Oybek Abdushukurov boshchiligidagi, rejissyor Muxlisa Azizova hamda Markazning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo`limi xodimlaridan iborat ishchi guruh 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etishmoqda.
Markaz direktori Oybek Abdushukurovning Fransiyaning Kann shahridan to`g`ridan-to`g`ri ma`lum qilishicha, mazkur kinofestival o`zbek kinematografiyasini dunyoga tanitish bilan birga, Markaz va dunyoning nufuzli xorijiy kinokompaniyalar o`rtasida manfaatli aloqalarni yo`lga qo`yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
E`tiboringizga 70-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etayotgan yosh rejissyor Muxlisa Azizova va Markaz xodimlarining suratlarini havola qilamiz.