AsosiySalomatlik

​Varikozga qarshi uy sharoitida kurashamiz!

'​Varikozga qarshi uy sharoitida kurashamiz!'ning rasmi

Ayniqsa yozda, ayollar chiroyli ko`ylak va baland poshnali poyabzal kiyishni boshlaganda ushbu noxushlik yaqqol ko`zga tashlanadi. Undan xalos bo`lish umidida xonimlar turli kremlar xarid qiladilar, baland poshnadan voz kechadilar. Biz esa quyida varikozga taslim bo`lmaslikning xalqona usullari bilan bo`lishdik.

1. Pishmagan yashil pomidorni oling-da qoq o`rtasidan ikkiga bo`ling. Bo`laklarni kengaygan tomirlar ustiga surtib, 2-3 daqiqaga qoldiring. Pomidor yashil bo`lishi shart. Chunki aynan yashil pomidorda solanin moddasi mavjud, pishgan pomidorlarda bu modda qolmaydi.

2. Solanin moddasi tabiiy zaxar. Shuning uchun ham pishmagan sabzavot va mevalarni eyish man etiladi. Biroq varikozdan xalos bo`lishda bu modda juda qo`l keladi.

3. Muolajani 10 kun davomida, kuniga ikki martadan bajarsangiz, natijaga erishasiz. Pomidorli kompressdan so`ng teriga krem surtib qo`ying, chunki pomidor kislotasi terini qurutib yuboradi.

4. Olma sirkasi ham varikozdan xalos bo`lishda bezarar vositadir. Paxtani sirkaga botirib oling-da, varikoz ustiga qo`ying. To`rt hafta davomida bir kunda 3 martadan shu usulni qo`llasangiz, noxushlikdan xalos bo`lasiz.

5. Olma sirkasi pomidordan ham ko`ra ko`proq terini quritadi, shuning uchun, sirkani faqat qo`l va oyoqdagi kengaygan tomirlar uchun ishlating.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar