O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to`qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.
O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo`lajak o`yinlarga 28 futbolchini jalb qildi, deb yozadi O`FF matbuot xizmati. Quyida ular bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimes (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islomjon Qobilov (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo`qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Javohir Siddiqov (“Qo`qon-1912”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Azizjon G`aniev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Odil Hamrobekov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo`ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston).
O`zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo`qon-1912”) klub mashg`ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o`tkazib yuboradi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Ma`lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O`zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda.